Dars jarayoni
- Modul va darslar tartibini oʻz sinfiga moslashtirish
- Ayrim topshiriqlarni yashirish yoki qoʻshimcha berish
- Uy vazifasi sifatida biriktirish va muddat qoʻyish
- Sinfni guruhlarga boʻlish (loyiha modullari uchun)
Butun sinf bitta ekranda. Quyidagi maʼlumotlar demo sinf (2-A, 112-maktab) misolida koʻrsatilgan.
Progress boʻyicha tartiblangan. Qizil zonadagilar darhol koʻrinadi.
| Oʻquvchi | Sinf | Progress | Daraja | Ball | Ketma-ket | Nishonlar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| J Javohir Aliyev | 3-B | 82% | Yuqori | 8 | 9 kun | 3 ta |
| A Amina Aliyeva | 2-A | 68% | Oʻrta | 6 | 5 kun | 2 ta |
| D Dilnoza Yoʻldosheva | 2-A | 24% | Boshlangʻich | 1 | 2 kun | 1 ta |
Dilnoza Yoʻldosheva — progress 30% dan past. Qoidalar jadvali bu oʻquvchilarni «oʻqituvchi eʼtiboriga» toifasiga oʻtkazdi: jonli tushuntirish yoki yengilroq topshiriq tavsiya etiladi.
«Suv tomchisining sayohati» va «Chiqindi sirlari» modullari boʻyicha 10 ta dars ishlanmasi. Har birida maqsad, bosqichlar jadvali, kutilayotgan natija, uy vazifasi.
«Chiqindi sirlari» moduli uchun platformadagi har bir ekran ssenariysi: Ekobek va Saralay dialoglari, tanlov savollari, drag&drop oʻyini tavsifi.
«Suv resurslari» va «Chiqindidan qayta ishlash» modullari boʻyicha 10 ta dars ishlanmasi. Ochiq savollar, guruh loyihalari, daraja tizimi boʻyicha baholash.
3-sinf uchun toʻliq integrativ dars: S/T/E/A/M jadvali, suv filtri tajribasi, baholash mezonlari va refleksiya. Toʻldiriladigan shakl bilan.
Pilot dastur doirasida bitta sinf uchun toʻliq kirish bepul beriladi — metodik qoʻllab-quvvatlash va oʻqituvchini tayyorlash bilan birga.